Logo

Farg‘onadagi noqonuniy qurilishga ham chek qo‘yildi

Bugun 22:361 daqiqa

Mahalla ahli buning uchun Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaga minnatdorlik bildirgan.

Farg‘onadagi noqonuniy qurilishga ham chek qo‘yildi

Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahridagi Shodiyona ko‘chasida aholini qiynab kelayotgan noqonuniy qurilishga chek qo‘yildi.

Ta’kidlanishicha, bu qurilish qariyb 5 yil aholiga noqulaylik tug‘dirgan. Hudud aholisining e’tirozlariga qaramay qurilishi davom etgan majmuani buzish ishlari amalga oshirildi.

Mahalla ahli buning uchun Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaga minnatdorlik bildirmoqda. Qayd etilishicha, noqonuniy qurilishni oldini olish ishlari aynan Prezident administratsiyasi rahbarining aholiga qulaylik yaratish va bolalar uchun o‘yin maydonchalari barpo etish bo‘yicha qilgan tashabbusi natijasida amalga oshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi Qatortol ko‘chasi va bozori atrofidagi noqonuniy qurilmalar buzilayotgani haqida yozgan edik. Sud qarori bilan buzilayotganlar orasida «Nomdor» tamaddixonasi ham bor.

Teglar

Mavzuga oid