add

Britan olimlari kashfiyoti: chumolilar ham kasallikka qarshi himoya qurishar ekan

18.10.2025 | 22:0035752

Bristol universiteti tadqiqotchilari chumolilar o‘z ichidagi kasallik xavfini sezganda uyalarining arxitekturasini o‘zgartirishini aniqladi. Ular kirish joylarini kengaytirib, kameralar orasini ajratish orqali infeksiya tarqalishini kamaytirar ekan.

Britan olimlari kashfiyoti: chumolilar ham kasallikka qarshi himoya qurishar ekan
Bristol universiteti olimlari olib borgan tadqiqotda chumolilar o‘ziga xos «himoya mexanizmi»ni qo‘llaydigani isbotlandi. Tadqiqot natijalari phys.org saytida chop etildi. Mutaxassislar ma’lum qilishicha, chumolilar kasallik ta’sirida qolganda o‘z uylarini qayta qurishadi. Ular kengroq kirish joylari, bo‘lingan kameralar va kamroq to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar yaratish — karantin orqali kasallik tarqalish ehtimolini kamaytiradi. Tadqiqot mualliflaridan biri Lyuk Leki buni hayvonlar olamida birinchi marta kuzatilgan holat sifatida ta’kidladi:
«Bu insondan o‘zga jonzotning o‘z muhitini kasallik tarqalishini kamaytirish maqsadida o‘zgartirishi ilk bor isbotini topdim», — dedi u.
Olimlar ikki guruhdagi 180 ishchi chumolini tahlil qilgan. Ular tuproq to‘ldirilgan idishlarda uy qura boshlagan. Bir guruhga keyinchalik zamburug‘ sporalari ta’sir ettirilgan. Olti kun davomida chumolilar faoliyati kuzatilib, mikro-KT skaner orqali 3D modellar yaratilgan. Simulyatsiyalar shundan dalolat berdiki, qayta qurilgan uyalar infeksiya tarqalish xavfini sezilarli darajada pasaytiradi. Bu holat chumolilar jamoasiga xos bo‘lgan ijtimoiy immunitet tizimida muhim rol o‘ynaydi. Mualliflar ta’kidlashicha, bu kashfiyot inson jamiyati uchun ham ilhom manbai bo‘lishi mumkin — ayniqsa, epidemiyalar davrida shahar va ijtimoiy muhitni boshqarishda arxitekturaviy yechimlar orqali xavfni kamaytirishda.
AvvalroqE r yuzidagi deyarli barcha quruqlik qismini o‘z koloniyasiga aylantirib bo‘lgan jonzotlar aynan chumolilar ekanligi haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid