add

Falastinlik aktivist Tramp ma’muriyatini sudga berdi: da’vo miqdori 20 mln dollar

12.07.2025 | 17:0040903

AQSHda faoliyat yurituvchi falastinlik inson huquqlari himoyachisi Mahmud Xalil Donald Tramp ma’muriyatiga qarshi 20 million dollarlik da’vo arizasi kiritdi. U o‘zini «aksilsemit» sifatida ko‘rsatish, asossiz qamoqqa olish va ta’qib uchun ma’naviy va moddiy tovon talab qilmoqda.

Falastinlik aktivist Tramp ma’muriyatini sudga berdi: da’vo miqdori 20 mln dollar
Mahmud Xalil — Kolumbiya universiteti bitiruvchisi va G‘azodagi urushga qarshi namoyishlarni tashkil qilgan talabalar lagerlari yetakchilaridan biri. U 104 kun mobaynida migratsiya nazorati izolyatorida saqlangan. Xalilni AQSH immigratsiya xizmati xodimlari o‘z uyi oldida fuqarolik kiyimida ushlab ketgan va ming mildan ortiq yo‘l bosib, Luizianaga jo‘natgan. Uning oilasi va advokatlari unga uzoq vaqtcha bog‘lana olmagan. Yuristlar bu ishni «adolat ustidan mazax» deb atashdi. Ularga ko‘ra, Xalilning deportatsiya qilinishi — siyosiy fikrni yerga urish va fuqarolik faoliyatini jilovlash uchun ishlatilgan vosita bo‘lgan. Grin kartaga egaligi va rafiqasi AQSH fuqarosi bo‘lishiga qaramay, rasmiylar uning mamlakat xavfsizligiga tahdid solayotganini bahona qilib, chiqarib yuborishga urinishgan. Xalil agar undan rasmiy kechirim so‘ralsa va deportatsiya siyosati qayta ko‘rib chiqilsa, da’vodan voz kechishga tayyor ekanini aytdi. Nyu Jersidagi sud 20 iyun kuni uni ozod qilish haqida qaror chiqardi. Shundan so‘ng u birinchi marta yangi tug‘ilgan o‘g‘lini ko‘rish va bag‘riga bosish imkoniga ega bo‘ldi.

Teglar

Mavzuga oid