add

«G‘azodagi genotsid – insoniyat vijdoni uchun sinov» — Malayziya bosh vaziri

02.06.2025 | 08:4544332

Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim G‘azoda davom etayotgan zo‘ravonlikni qat’iy qoralab, uni «genotsid» deb atadi. Unga ko‘ra G‘azodagi fojialar xalqaro hamjamiyat uchun vijdon sinovidir va insoniy qadriyatlarga nisbatan tahdid sifatida baholanishi lozim.

«G‘azodagi genotsid – insoniyat vijdoni uchun sinov» — Malayziya bosh vaziri
Anvar Ibrohim bu bayonotini Islom hamkorlik tashkiloti sammiti doirasidagi chiqishi chog‘ida bildirdi. U xalqaro tashkilotlarni, ayniqsa, BMT va Islom davlatlarini zudlik bilan harakat qilishga chaqirdi. Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, G‘azoda kechayotgan voqealarga nisbatan befarqlik kelajakda yanada kengroq fojialarga yo‘l ochishi mumkin. Malayziya rahbari G‘azodagi vaziyatni «tashkil etilgan qirg‘in» deb atadi va bu haqda jim qolishni insoniyat tarixidagi ulkan xato, deb ta’kidladi. U xalqaro sud organlarini jinoyatlar yuzasidan surishtiruv boshlashga chaqirdi. Anvar Ibrohimning so‘zlariga ko‘ra, Malayziya falastinliklarning haq-huquqlarini himoya qilish va insonparvar yordam ko‘rsatishni davom ettiradi. Shuningdek, u Isroil harakatlarini keskin tanqid qilib, G‘azodagi urushda aybdorlarni javobgarlikka tortish zarurligini ta’kidladi.    

Teglar

Mavzuga oid