
G‘azoga 100 ta yuk mashinasida insonparvarlik yordami yetkazildi
22.05.2025 | 13:1522383
Urushdan vayron bo‘lgan G‘azo sektoriga 21 may kuni un, bolalar ozuqalari va tibbiy jihozlardan iborat insonparvarlik yordami ortilgan yana 100 ta yuk mashinasi yetkazildi. Bu haqda Isroil mudofaa vazirligiga qarashli COGAT hukumat tashkiloti ma’lum qildi.

Mart oyidan beri Isroil G‘azoga yordam yetkazishni to‘xtatgan, buni ular guyoki HAMAS vakillari yordamni to‘sib qo‘yayotgani bilan izohlagan. Tarqatishning yangi mexanizmi hali amalga kiritilmagan. Isroil tomoni yordamni xavfsizlik choralari asosida sinab ko‘rib, armiya va siyosiy rahbariyat ko‘rsatmasiga muvofiq amalga oshirganini ma’lum qilgan. Ular yordamning HAMAS qo‘liga o‘tib ketmasligi uchun barcha choralarni ko‘rayotganini ta’kidladi.
COGAT’ga ko‘ra, bir kun avval ham G‘azoga 93 ta yordam yuk mashinasi yetib borgan. Barcha yordam Kerem-Shalom nazorat-o‘tkazish punkti orqali o‘tkazilgan. Bu yerda yuklar keyinchalik mahalliy aholiga tarqatiladi. BMT qoshidagi Butunjahon oziq-ovqat dasturi rahbari Antuan Renar 78 ta yuk mashinasi hali tarqatilishini kutmoqda. U yordam talonchilikka uchramashi uchun ehtiyotkorlik bilan harakat ketayotganini ma’lum qildi.
Isroil xavfsiz zonalar tashkil etilgandan so‘ng insonparvarlik yordami qayta faollashtirilishini aytgan. Bu mexanizm taxminan 25 maygacha kuchga kirishi kutilmoqda.





