Logo

«Imarat Development» ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bugun 12:091 daqiqa

Kompaniya mijozlarining pulini qaytarmagani yuzasidan tergov harakatlari boshlandi. Ish firibgarlik va mansab vakolatini suiiste’mol qilish alomatlari bilan tergov qilinmoqda.

«Imarat Development» ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi © yandex maps

Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi «Imarat Development» MCHJ rahbariyatiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, kompaniya tomonidan qurilishi rejalashtirilgan ko‘p qavatli turar joy binolari Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida joylashgan. Uylar Toshkent shahri emas, viloyat hududida qurilayotgani sababli ayrim fuqarolar bundan norozi bo‘lgan.

Ular xonadonlar uchun avval amalga oshirgan to‘lovlarini qaytarishni so‘rab, kompaniya rahbariyatiga murojaat qilgan. Biroq to‘langan mablag‘lar fuqarolarga qaytarilmagan.

Mazkur murojaatlar yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan tekshiruv o‘tkazilgan. Natijada IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi — firibgarlik hamda 192¹¹-moddasi — nodavlat tashkilot mansabdor shaxsining o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilishi alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari Toshkent shahar IIBB boshlig‘i va prokuratura nazoratiga olingan. Tergov yakunlariga ko‘ra, qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Teglar

Mavzuga oid

«Imarat Development» ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi | Vaqt.uz