JCH-2026. O‘zbekiston — Kongo DR o‘yini uchun tarkiblar e’lon qilindi
Kannavaro shogirdlarini pley-offga chiqish uchun 6-7 gol (qolgan guruhlardagi natijalarga qarab) farqidagi g‘alaba qoniqtiradi.

O‘zbekiston milliy jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichidagi so‘nggi o‘yinini Kongo DRga qarshi o‘tkazadi.
Toshkent vaqti bilan soat 04:30da boshlanadigan bahs uchun tarkiblar e’lon qilindi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston hisobida ochko yo‘q, Kongo DRda esa 1 ochko bor. Pley-offga chiqish uchun Fabio Kannavaro jamoasini 6-7 ta gol (qolgan guruhlardagi natijalarga qarab) farqidagi g‘alaba qoniqtiradi.
JCH-2026. K guruhi. 3-tur
O‘zbekiston — Kongo DR
27-iyun. Atlanta. «Mersedes-Bens Arena»
O‘zbekiston — Abduvohid Ne’matov, Hojiakbar Alijonov, Abduqodir Husanov, Rustam Ashurmatov, Jahongir O‘rozov, Sherzod Nasrullayev, Otabek Shukurov, Akmal Mozgovoy, Abbos Fayzullayev, Doston Hamdamov, Eldor Shomurodov.
Kongo DR — Mpasi, Van-Bissaka, Tuanzebe, Mbemba, Masuaku, Mbuku, Mutussami, Sadiki, Kipenga, Bakambu, Vissa.

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026
JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.





