Logo

Dam olish kunlari O‘zbekistonda harorat +44 darajagacha isiydi

Bugun 14:112 daqiqa

O‘zgidromet dam 27-28-iyun kunlari respublika bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Dam olish kunlari O‘zbekistonda harorat +44 darajagacha isiydi © Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

27-28-iyun kunlari O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati +44 darajagacha ko‘tariladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, juma kuni kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Ertaga, 27-iyun kuni faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.

28-iyunda respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Shamol sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayadi, shimolda va cho‘l hududlarda ba’zida 20-22 metrgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Kunduzgi havo harorati ko‘pchilik viloyatlarda bugun va dam olish kunlari +35...+40 daraja atrofida, yakshanba kuni ba’zi joylarda +42 darajagacha, janubda +43...+44 darajagacha bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida harorat asosan kunduzi +32...+37 daraja, yakshanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi shimolida +23...+28 darajagacha pasayadi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkentda juma kuni kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +37...+39 daraja bo‘ladi. Shanba kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kunduzi +38...+40 daraja bo‘ladi.

Yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi +39...+41 daraja bo‘ladi. Harorat asosan kechalari +23...+26 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10-12 metrgacha kuchayadi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid