Logo

JCH-2026. Kolumbiya Kongoni, Xorvatiya Panamani mag‘lub etdi

Bugun 09:022 daqiqa

Natijada O‘zbekiston milliy jamoasida guruhdan chiqish imkoniyati saqlanib qoldi.

JCH-2026. Kolumbiya Kongoni, Xorvatiya Panamani mag‘lub etdi

Jahon chempionatida 2-tur bahslri yakunlandi.

K guruhida Kolumbiya (6) Kongo DR (1) ustidan g‘alaba qozonib, muddatidan avval pley-off yo‘llamasini qo‘lga kiritdi. Avvalroq bu guruhda. O‘zbekiston (0) Portugaliyaga (4) 0:5 hisobida yutqazgandi.

Shu tariqa da keyingi bosqichga chiqish uchun hamon imkoniyat saqlanib qolmoqda. Buning uchun jamoa so‘nggi turda Kongoni yengishi va eng yaxshi 3-o‘rin egalari qatorida bo‘lishi kerak. Ya’ni qolgan guruhlardagi natijalarga ham bog‘lik bo‘ladi — 12 ta guruhdan eng yaxshi 8 ta 3-o‘rin egalari pley-offga yo‘l oladi.

L guruhida Xorvatiya (3) Budimirning goli evaziga Panamani (0) mag‘lubiyatga uchratib, raqibini guruhda qoldirib ketdi. Avvalroq Angliya (4) va Gana (4) o‘zaro golsiz durang qayd etgandi.

JCH-2026. 3-tur. 23-iyun
K guruhi
Kolumbiya — Kongo DR 1:0
Gol:
Munos (76).
Kolumbiya — Vargas, Munos, Sanches, Lukumi, Moxika, Puerta, Lerma, Arias (Rios, 77), Rodriges (Kintero, 58), Dias, Suares (Kordoba, 58).
Kongo DR — Mpasi, Van-Bissaka, Mbemba, Tuanzebe, Kapuadi, Masuaku (J.Kayembe, 72), Mukau (Sadiki, 46), Mutussami (Mbokyu, 82), E.Kayembe (Pikel, 72), Vissa, Bakambu (Banza, 57)
Ogohlantirishlar: Lukumi (56), Pikel (90+3), Lerma (90+4).

L guruhi
Panama — Xorvatiya 0:1
Gol:
Budimir (54).
Panama — Moskera, Murillo, Ramos (Uoterman, 71), Kordoba, Andrade, Blekmen (Devis, 90), Martines, Harvi, Barsenas (Rodriges, 90), Rodriges, Fajardo (Londono, 83).
Xorvatiya — Livakovich, Stanishich, Shutalo, Pongrachich, Gvardiol (Kramarich, 46), Modrich (Mario Pashalich, 81), Kovachich (P.Suchich, 72), Marko Pashalich (L.Suchich, 72), Baturina, Perishich, Musa (Budimir, 46).
Ogohlantirishlar: Barsena (61), P.Suchich (90+2).

Россия - Украина уруши

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026

JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.

Mavzuga oid