Logo

O‘zbekistonda aholisi eng kam hududlar ma’lum qilindi

Bugun 12:581 daqiqa

Mamlakatda aholisi eng kam bo‘lgan hudud va eng ko‘p bo‘lgan hudud orasidagi tafovut qariyb 77 baravarni tashkil etadi.

O‘zbekistonda aholisi eng kam hududlar ma’lum qilindi © Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

Milliy Statistika Qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda doimiy aholisi eng kam bo‘lgan hudud Navoiy viloyatining G‘ozg‘on shahri bo‘lib, 2026-yil 1-aprel holatiga ko‘ra bu yerda 9,5 ming nafar aholi istiqomat qilmoqda.

Aholisi eng kam bo‘lgan hududlar ro‘yxatida Navoiy viloyatining Tomdi tumani ikkinchi o‘rinni egallagan. Tumanda 15,3 ming nafar aholi yashaydi. Keyingi o‘rinlarda Sirdaryo viloyatidagi Shirin shahri (19,4 ming nafar) va Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumani (20,7 ming nafar) qayd etilgan.

Shuningdek, aholisi eng kam hududlar qatoridan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Bo‘zatov tumani (21,8 ming nafar), Jizzax viloyatining Yangiobod tumani (30,6 ming nafar), Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumani (34,1 ming nafar), Navoiy viloyatining Konimex tumani (36,8 ming nafar), Taxtako‘pir tumani (38,9 ming nafar) hamda Uchquduq tumani (39,9 ming nafar) o‘rin olgan.

Aholisi eng ko‘p hududlar

Mamlakatda eng ko‘p aholi Namangan shahrida istiqomat qiladi — 731,3 ming kishi. Keyingi o‘rinlarda esa Samarqand shahri (607,6 ming kishi) va Urgut  tumani (588,6 ming kishi) yetakchilik qilmoqda. Andijon shahri (506 ming kishi), Denov (442,7 ming kishi) va Olmazor (419,6 ming kishi) tumanlari ham mamlakatda aholi eng ko‘p yashaydigan hududlar ro‘yxatidan joy olgan.

Ma’lumot uchun, 2026-yil 1-aprel holatiga ko‘ra O‘zbekiston doimiy aholisi qariyb 38,4 million kishiga yetgan.

Teglar

Mavzuga oid