Moliyaviy imkoniyatlar endi yanada qulay: Asia Alliance Bank onlayn mikroqarzlar bo‘yicha takliflarini yangiladi.
Endilikda bankka bormasdan, kafil izlamasdan va sug‘urta uchun xarajat qilmasdan kredit rasmiylashtirish mumkin. «Asia Alliance Bank» ATB mijozlarga istalgan maqsad uchun 100 mln so‘mgacha onlayn mikroqarz olish imkonini beruvchi ikkita qulay dasturni taklif etmoqda.

«Online Imkoniyat» — rasmiy daromadga ega barcha fuqarolar uchun
Yirik xaridlar yoki kutilmagan xarajatlar uchun moslashuvchan yechim izlayotgan bo‘lsangiz, ushbu mahsulot rasmiy ish joyiga ega bo‘lgan har bir O‘zbekiston rezidenti uchun mo‘ljallangan.
Miqdori: 2 000 000 so‘mdan 100 000 000 so‘mgacha.
Muddati: 1 oydan 36 oygacha.
Foiz stavkasi: yillik 27 foizdan 38 foizgacha (skoring natijalariga bog‘liq; a’lo darajadagi kredit tarixi va kam qarz yuki pastroq stavka olish imkonini beradi).
Xavfsizlik va sug‘urta: hayotni sug‘urtalash xarajatlarini bank 100 foiz o‘z zimmasiga oladi.
«Online» — ish haqi va pensiya oluvchi mijozlar uchun imtiyozli stavka
Ish haqi yoki pensiyasini Asia Alliance Bank kartasiga oladigan mijozlar uchun maxsus taklif.
Miqdori: 500 000 so‘mdan 100 000 000 so‘mgacha.
Muddati: 1 oydan 36 oygacha.
Foiz stavkasi: yillik 25 foizdan 38 foizgacha.
Qo‘shimcha himoya: ariza ma’qullangach, qarz oluvchi 48 soat ichida bankka telefon orqali murojaat qilib, mikroqarz rasmiylashtirilishini tasdiqlashi lozim. Bu firibgarlik harakatlaridan himoyani kafolatlaydi.
Umumiy shartlar va afzalliklar
To‘liq onlayn va ortiqcha xarajatlarsiz: mablag‘ to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank kartasiga o‘tkaziladi, qarz oluvchining sug‘urta xarajatlarini esa bank to‘liq qoplaydi.
Qulay to‘lov jadvali: annuitet yoki differensial to‘lov usulini tanlash imkoniyati mavjud.
Talablar: 21 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lish, oxirgi 6 oy davomida rasmiy daromadga ega bo‘lish, joriy muddati o‘tgan to‘lovlar va Majburiy ijro byurosida (MIB) qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi. Oylik to‘lov o‘rtacha daromadning 50 foizidan oshmasligi kerak.
Mikroqarzni rasmiylashtirish va individual foiz stavkasini hisoblash Alliance Pay mobil ilovasi orqali bir necha daqiqada amalga oshiriladi.
Kreditni o‘z vaqtida to‘lamaslik qo‘shimcha xarajatlar, qarzdorlikning ortishi va kredit tarixining yomonlashishiga olib kelishi mumkin.





