«UzAuto Motors»ning valuta kursidan oladigan foydasi 4 baravarga kamaydi
O‘tgan yilning 9 oyida kompaniya valuta kurslari farqining o‘zidan 726 mlrd so‘mdan ortiq sof foyda olgan edi. Bu yil esa valuta tebranishlaridan foyda atiga 173,9 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
© sun'iy intelekt«UzAuto Motors» AJning joriy yilning yanvar–sentabr oylarida valuta kursi farqidan olgan foydasi 173,9 milliard so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,1 baravarga kam bo‘lib, 2025 yilning 9 oyida ushbu ko‘rsatkich 726,3 milliard so‘mni tashkil etgan edi.
Bu haqda Korporativ axborot yagona portalida (openinfo.uz) e’lon qilingan kompaniyaning uchinchi chorak moliyaviy hisobotida ma’lum qilindi.
Hisobot davrida avtoishlab chiqaruvchining moliyaviy faoliyat bo‘yicha jami daromadlari 1,20 trillion so‘mni tashkil etgan (o‘tgan yilning mos davrida — 879,27 milliard so‘m).
Shu bilan birga, kompaniyaning qarzlar va moliyaviy ijara (lizing) bo‘yicha foiz xarajatlari 481,23 milliard so‘mdan 525,06 milliard so‘mga oshgan.
Aktivlarga egalik qilish va ularni qadrisizlanishidan ko‘rilgan zararlar esa 159,96 milliard so‘mdan 42,13 milliard so‘mgacha qisqargan.





