Nyu-Yorkda 61 yillik an’ana buzildi: Mamdani Isroil paradidan bosh tortdi

Kecha 09:151 daqiqa

1964 yildan beri birinchi marta Nyu-Yorkning amaldagi meri Isroil kuni paradida ishtirok etmaydi.

Nyu-Yorkda 61 yillik an’ana buzildi: Mamdani Isroil paradidan bosh tortdi

Nyu-York meri, demokrat-sotsialist Zoxran Mamdani Isroil kuni sharafiga o‘tkaziladigan yillik tarixiy paradda qatnashmaydi. Bu haqda «Fox News» xabar berdi.

Qayd etilishicha, Mamdani 1964 yildan beri ushbu tadbirda ishtirok etishdan o‘z xohishi bilan voz kechgan birinchi amaldagi merga aylangan.

Shaharning eng yirik yahudiy tashkilotlari, jumladan «UJA-Federation», bu qarorga norozilik sifatida mer qarorgohida yahudiylar merosi sharafiga uyushtiriladigan rasmiy qabulda qatnashishdan bosh tortdi.

Tashkilotlar «meroslarining asosiy ustunini inkor etadigan» shaxsning tadbirlarida ishtirok etish niyatida emasligini bildirgan.

Siyosiy pozitsiya va xavfsizlik choralari

Nyu-York meri o‘z qarorini «siyosiy tamoyillar» va «barcha insonlar uchun teng huquqlar» tarafdori ekanligi bilan izohlagan.

Shu bilan birga, shahar rahbarining paradda qatnashmasligi tadbirda xavfsizlikni ta’minlashdan bosh tortishni anglatmasligi ma’lum qilindi.

Ma’lumot uchun, Isroildan tashqaridagi eng yirik yahudiylar jamoasi yashaydigan Nyu-York shahrida, Beshinchi avenyu bo‘ylab o‘tkaziladigan mazkur marsh doimo ikki partiyaning doimiy an’anasi va megapolis birdamligining ramzi hisoblab kelingan.

Teglar

Mavzuga oid