Olmaliqdagi bozorda katta yong‘in sodir bo‘ldi
Olmaliqdagi «Oydin dehqon bozori»da tongda yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in 2 soat davomida o‘chirilgan.

Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi «Oydin dehqon bozori»da yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.
Voqea Olmaliq shahrining «Hamza» mahallasi hududida yuz bergan. FVVga ko‘ra, 30-avgust kuni soat 05:18 da yong‘in sodir bulayotganligi to‘g‘risila xabar kelib tushgan va yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari zudlik bilan hodisa joyiga yetib borgan.
«Xabarga asosan, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, yong‘in qurshab olingan va soat 07:12 da o‘chirilgan», deyiladi vazirlik xabarida.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar haqida hozircha ma’lumot kelib tushmagan.
Hodisa sabablari hamda yong‘in natijasida yetkazilgan zarar miqdori hozirda aniqlanmoqda.





