
O‘zbek bokschilari Jahon chempionatida yana tarix yaratmoqda — 9 ta medal kafolatlandi
12.09.2025 | 08:0010444
Liverpuldagi Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 9 nafar bokschisi bilan yarim finalga yo‘l oldi va eng kamida bronza medalini kafolatladi.

11 sentyabr kuni Liverpul shahrida o‘tayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar sensatsion natija qayd etdi. O‘zbekiston terma jamoasidan 9 nafar bokschi yarim finalga chiqib, mamlakat uchun kamida 9 ta medalni ta’minladi.
Turli vazn toifalarida yarim finalga chiqqan va medal kafolatlagan sportchilar:
Aziza Zokirova (70 kg) — germaniyalik Leoni Myullerni 5:0 hisobida mag‘lub etdi;
Javohir Ummataliyev (80 kg) — qozog‘istonlik Nurbek Oralbay ustidan 5:0 hisobida g‘alaba;
Turabek Habibullayev (90 kg) — qozog‘istonlik Sag‘indiq Togambay ustidan 5:0 hisobida g‘alaba;
Feruza Qozoqova (51 kg) — mo‘g‘ulistonlik Mungunsaran Balsan ustidan 5:0 hisobida g‘alaba;
Navbahor Hamidova (65 kg) — angliyalik Sacha Hikkey ustidan 4:1 hisobida g‘alaba;
Abdumalik Xaloqov (60 kg) — qozog‘istonlik Bibars Jekson ustidan 5:0 hisobida g‘alaba;
Asadxo‘ja Mo‘ydinxujayev (65 kg) — qozog‘istonlik Yertuvg‘an Zeynaxanov ustidan 5:0 hisobida g‘alaba;
Fazliddin Erkinboyev (75 kg) — belgiyalik Hamza Sririy ustidan 5:0 hisobida g‘alaba;
Jahongir Zokirov (+90 kg) — norvegiyalik Umar Shixoniy ustidan 5:0 hisobida g‘alaba;
O‘zbekistonlik qolgan bokschilar — Nigina O‘ktamova, Sitora Turdibekova, Oltinoy Sotimboyeva, Mirazizbek Mirzaxalilov, Shavkatjon Boltayev va Xumorabonu Mamajonova — afsuski, musobaqani yarim finalga yeta olmasdan tark etdi.
Endi finalga yo‘l oladigan sportchilar nomi 14 sentyabr kuni aniq bo‘ladi. Ushbu natija O‘zbekiston boks tarixidagi eng muvaffaqiyatli jahon chempionatlaridan biri bo‘lishi mumkin.
Qayd etib o‘tish kerak, bu O‘zbekiston boks bo‘yicha milliy terma jamoasining World Boxing shafeligida ilk bora o‘tkazilayotgan jahon chempionatida qatnashishi. Bungacha O‘zbekistonlik bokschilar IBA shafeligi ostida o‘tgan jahon chempionatlarida qatnashib kelishgan.





