
O‘zbekiston sentyabrda dunyoda oltin sotgan yagona davlat bo‘ldi
Yillik kesimda respublika 21 tonna bilan dunyodagi eng yirik oltin sotuvchisi maqomini saqlab qolib, Singapur va Rossiyani ortda qoldirmoqda.

O‘zbekiston joriy yilning sentyabr oyida dunyodagi yagona oltin sotuvchisi bo‘ldi. Markaziy bank bir oy ichida 4 tonna oltin sotgan. Bu haqda Jahon oltin kengashi (World Gold Council) hisobotida keltirilgan.
Qayd etilishicha, yillik kesimda respublika 21 tonna bilan dunyodagi eng yirik oltin sotuvchisi maqomini saqlab qolib, Singapur va Rossiyani ortda qoldirmoqda.
Xalqaro valyuta jamg‘armasi va ochiq manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, sentyabr oyida markaziy banklar tomonidan jami 39 tonna oltin sotib olingan — bu 2025 yildagi eng yuqori oylik ko‘rsatkich hisoblanadi.
Jami 43 tonna qimmatbaho metall xarid qilingan. Eng yirik xaridor — Braziliya Markaziy banki bo‘lib, u 15 tonna oltin sotib olgan. Uchlikka Qozog‘iston (8 tonna) va Gvatemala (5 tonna) regulyatorlari ham kirgan. Rossiya, Turkiya, Chexiya, Xitoy va Gana ham nisbatan kichik hajmlarda xarid amalga oshirgan.





