add

O‘zbekistonda 9 oyda qariyb 10 mln tonna sabzavot yetishtirildi

Samarqand va Andijon viloyatlari sabzavot yetishtirishda mamlakatda eng yuqori ulushni qayd etdi.

O‘zbekistonda 9 oyda qariyb 10 mln tonna sabzavot yetishtirildi

Milliy statistika qo‘mitasining ma’lum qilishicha, 2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekistonda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 9,9 mln tonna sabzavotlar yetishtirildi.

Qayd etilishicha, hududlar kesimida sabzavot yetishtirish hajmi bo‘yicha eng yuqori ulushni har biri 1,4 mln tonna bilan Andijon va Samarqand viloyatlari qayd etdi.

Keyingi o‘rinlarni Farg‘ona (1,1 mln tonna), Surxondaryo (1,1 mln tonna) va Toshkent (1 mln tonna) viloyatlari egalladi. Shuningdek, Buxoro viloyatida 939 495 tonna, Namangan viloyatida 719 068 tonna, Qashqadaryo viloyatida 539 570 tonna, Xorazm viloyatida 491 698 tonna, Jizzax viloyatida 371 010 tonna sabzavotlar yetishtirildi.

Respublika hududida sabzavot yetishtirish bo‘yicha eng past ulush 854 tonna bilan Toshkent shahriga to‘g‘ri keldi.

Ma’lumot o‘rnida, 2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekistondan xorijga qiymati qariyb 1,5 mlrd dollarlik 1,6 mln tonna meva-sabzavotlar eksport qildi.

Teglar

Mavzuga oid