add

Qirg‘izistonda xususiy avtomaktablar faoliyati to‘xtatiladi

Kecha 14:253101

2026 yildan Qirg‘izistonda xususiy avtomaktablar yopilib, haydovchilikka tayyorlash faqat davlat avtomaktablarida yoki umumta’lim maktablaridagi maxsus kurslar orqali amalga oshiriladi.

Qirg‘izistonda xususiy avtomaktablar faoliyati to‘xtatiladi

Qirg‘iziston hukumati 2026 yildan boshlab xususiy avtomaktablar faoliyatini to‘xtatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti ishlari boshqaruvchisi Qanibek Tumanboyev ma’lum qildi.

Tumanboyevning so‘zlariga ko‘ra, 2026 yildan boshlab haydovchilikka o‘qitish faqat davlat muassasalari orqali yoki umumta’lim maktablaridagi maxsus kurslar orqali amalga oshiriladi. Davlat avtomaktablarida o‘qish muddati 14 oyni tashkil etishi ko‘zda tutilgan. Ta’lim jarayonida har uch oyda amaliyot mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Bu qadam haydovchilarni tayyorlashda sifatni oshirish va yo‘l xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Shu bilan birga, oktabr oyida Vazirlar Mahkamasi raisi Odilbek Qosimaliyev «Transport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash faoliyatini litsenziyalashga vaqtinchalik taqiq joriy etish to‘g‘risida»gi qarorni imzolagan edi.

Unga ko‘ra, 2025 yil 20 oktyabrdan 2027 yil 31 dekabrgacha xususiy avtomaktablarga litsenziya berish to‘xtatiladi. Bu cheklov davlat ta’lim muassasalariga taalluqli emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Kamchibek Tashiyev O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi chegaralarda chegarachilar xizmatini bekor qilish imkoni haqida gapirgan edi. Tashiyevning so‘zlariga ko‘ra, mintaqadagi davlat rahbarlari — Shavkat Mirziyoyev, Sadir Japarov va Emomali Rahmon — yaratgan siyosiy muhit Markaziy Osiyoda chegara masalasini to‘liq ishonch va hamkorlik asosida hal etishga zamin yaratgan.

Teglar

Mavzuga oid

Qirg‘izistonda xususiy avtomaktablar faoliyati to‘xtatiladi | Vaqt.uz