add

Dunyoda eng ko‘p kitob o‘qish bo‘yicha AQSH yetakchilik qilmoqda

Bugun 16:20951

World Population Review portali mamlakatlar aholisi yiliga o‘rtacha nechta kitob o‘qishi bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi.

Dunyoda eng ko‘p kitob o‘qish bo‘yicha AQSH yetakchilik qilmoqda

World Population Review ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi reyting dunyo mamlakatlarining kitob o‘qishga bo‘lgan munosabatini yaqqol ko‘rsatdi. Tadqiqotga ko‘ra, ayrim davlatlarda kitob hayotning ajralmas qismiga aylangan bo‘lsa, boshqalarda u deyarli unutilgan.

Qayd etilishicha, kitobxonlik bo‘yicha yetakchilikni AQSH qo‘lga kiritgan. Mamlakat aholisi bir yilda o‘rtacha 357 soatni kitob o‘qishga sarflaydi va taxminan 17 ta kitob o‘qiydi.

Hindiston ikkinchi o‘rinda turibdi. U yerda har bir kishi yiliga o‘rtacha 16 ta kitobni mutolaa qiladi va 352 soat vaqtini o‘qishga bag‘ishlaydi. Uchinchi o‘rinni Buyuk Britaniya egallab, mamlakat aholisi yiliga taxminan 15 ta kitob o‘qiydi.

Top-beshlikni Fransiya va Italiya yakunlaydi. Fransuzlar haftasiga 5 soat 50 daqiqa, italiyaliklar esa 5 soat 20 daqiqani kitob o‘qishga sarflaydi. Rossiya reytingida oltinchi o‘rinda bo‘lib, aholi o‘rtacha yiliga 11 ta kitob o‘qiydi va 223 soatni bosma so‘zga ajratadi.

Markaziy Osiyo mamlakatlaridan Qozog‘istonda har bir kishi o‘rtacha yiliga 2,77 ta kitob o‘qiydi. Bu ro‘yxatda O‘zbekiston haqida ma’lumot keltirilmagan.

Mazkur ro‘yxatning oxirida Afg‘oniston, Bruney, Pokiston, Saudiya Arabistoni va BAA joy olgan. Bu davlatlarda aholi o‘qiydigan kitoblar soni o‘rtacha 3 taga ham yetmaydi.

Teglar

Mavzuga oid

Dunyoda eng ko‘p kitob o‘qish bo‘yicha AQSH yetakchilik qilmoqda | Vaqt.uz