add

Umumiy ovqatlanish korxonalariga qariyb 44 mlrd so‘m QQS qaytarildi

Bugun 16:251321

Soliq qo‘mitasi 2025 yilda turizm, umumiy ovqatlanish va qishloq xo‘jaligi korxonalariga qaytarilgan QQS bo‘yicha ma’lumot berdi.

Umumiy ovqatlanish korxonalariga qariyb 44 mlrd so‘m QQS qaytarildi

2025 yil 4 noyabr holatiga ko‘ra, 59,1 mlrd so‘m QQS turizm, umumiy ovqatlanish va ayrim qishloq xo‘jaligi korxonalariga qaytarildi. Bu haqda Soliq qo‘mitasining «Fiskal tahlillar» Telegram kanalida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, 39 ta turoperatorga 1,9 mlrd so‘m hamda 162 ta mehmonxonaga 9,1 mlrd so‘m QQS qaytarildi. Shu jumladan, 632 ta umumiy ovqatlanish korxonasiga 43,7 mlrd so‘m, shuningdek, 78 ta chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklariga 4,4 mlrd so‘m QQS qaytarib berildi.

Ma’lumot uchun, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va soliq yukini kamaytirish maqsadida byudjetga to‘langan QQSning bir qismi yuqorida sanab o‘tilgan yo‘nalishlardagi tadbirkorlarga qaytariladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq tirik qoramol, qo‘y va echkilar importida QQS to‘lashni 6 oygacha kechiktirish imtiyozi berilishi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, 2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritilgan iste’molchilarga 81,8 mlrd so‘mlik QQS qaytarilgani ma’lum qilingandi.

Teglar

Mavzuga oid

Umumiy ovqatlanish korxonalariga qariyb 44 mlrd so‘m QQS qaytarildi | Vaqt.uz