add

Devid Bekhemga ritsarlik unvoni berildi

Kecha 20:554181

Angliya terma jamoasining sobiq sardori futbol va Britaniya jamiyati oldidagi xizmatlari uchun ritsarlik unvoniga sazovor bo‘ldi.

Devid Bekhemga ritsarlik unvoni berildi

Qirol Charlz III Berkshirdagi Vindzor qasrida o‘tkazilgan marosimda 50 yoshli futbolchi Devid Bekhemni ritsarlikka ko‘tardi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Angliya terma jamoasining sobiq sardori futbol va Britaniya jamiyati oldidagi xizmatlari uchun ritsarlik unvoniga sazovor bo‘ldi. Bekhem ritsarlikka ko‘tarilganidan juda faxrlanishini aytdi:

«Odamlar mening qanchalik vatanparvar ekanligimni bilishadi — men o‘z vatanimni sevaman. Men har doim monarxiyaning oilam uchun qanchalik muhimligini ta’kidlab kelganman. Butun dunyo bo‘ylab sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldim va barcha odamlar men bilan faqat bizning monarxiyamiz haqida suhbatlashishni istaydi. Men bundan faxrlanaman».

Vindzor qasrida Bekhemga uning rafiqasi Viktoriya hamda ota-onasi Sandra va Devid hamrohlik qilishdi.

2017 yilda moda sohasidagi xizmatlari uchun Britaniya imperiyasi ordeni ofitseri unvoniga sazovor bo‘lgan Viktoriya Bekhem turmush o‘rtog‘i marosimda kiygan kostyumni o‘zi loyihalashtirib tikkan. «Qirol Karl mening kostyumimdan juda ta’sirlandi», - dedi Bekxem.

Devid Bekhem «Manchester Yunayted», «Real Madrid», «Milan», PSJ, «Los-Anjeles Gelaksi» klublarida to‘p surgan. «Yunayted» tarkibida u olti marta Angliya Premier-ligasida g‘olib chiqqan, 1999 yilda esa Chempionlar ligasi sovrindori bo‘lgan. U Angliya terma jamoasi safida 115 ta o‘yin o‘tkazib, 17 ta gol urgan. Hozirda Bekhem Lionel Messi o‘ynayotgan AQSHning «Inter Mayami» futbol klubining hamtasischilaridan biri hisoblanadi.

Teglar

Mavzuga oid

Devid Bekhemga ritsarlik unvoni berildi | Vaqt.uz