
O‘zbekistonda birinchi ipoteka sekyuritizatsiyasi: 200 mlrd so‘mlik pilot boshlandi
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) ipoteka kreditlarini sekyuritizatsiya qilish bo‘yicha maxsus huquqiy rejimni ishga tushirdi.

O‘zbekiston Ipotekani qayta moliyalash kompaniyasi (O‘zIQMK) esa 200 milliard so‘mlik pilot emissiyani boshladi. Bu bank kreditlarini kapital bozoriga ulaydigan, resursni uzaytiradigan moliyaviy mexanizmning birinchi amaliy sinovidir.
Sekyuritizatsiya qanday ishlaydi?
Sekyuritizatsiyada banklar berilgan ipoteka kreditlarini yagona «havza»ga jamlaydi. Shu havzaning oylik to‘lovlari bilan ta’minlangan obligatsiyalar chiqariladi. Investorlar bu qog‘ozlarni sotib olib kupon oladi, bank esa tushganmablag‘ bilan yangi ipoteka beradi.
bugungi amaliyotda bank ipotekani bergan zahoti mablag‘iniyillar davomiga bog‘lab qo‘yardi. Sekyuritizatsiya esa bu immobilizatsiya qilingan resursni bozorga chiqaradi, kredit bozoridan kapital bozoriga o‘tadi, kapital bozoridan yana ipotekaga qaytadi.
O‘zIQMK kuzatuv kengashi 200 milliard so‘m hajmdagi emissiyani ma’qulladi. Har biri 1 million so‘m nominal qiymatga ega 200 ming dona obligatsiya Freedom Finance brokerlik kompaniyasi anderrayterligi ostida ochiq obuna orqali milliy valyutada emissiya qilinmoqda.
Obligatsiyalar muddati 5 yil bo‘lib, kupon har 3 oyda to‘lanishi belgilandi vayillik daromadliligi 17,5 foizni tashkil etadi.
Havza besh bankning ipoteka portfelidan shakllanadi. Oktyabrda davlat qog‘ozlarining o‘rtacha daromadliligi qariyb 16,3 foiz bo‘lgan. O‘zIQMK kuponi bundantaxminan bir yarim punkt yuqori. Davlat qog‘ozi xavfipast, ammo daromad ham pastroq.
Ipoteka obligatsiyalari orqali banklar ipotekani «qog‘ozga aylantirish» hisobiga likvidlikni tezda qaytaochadi. Bu balansda muddat nomuvofiqligini yumshatadi va yangi kredit berish imkoninikengaytiradi.
Ipoteka oluvchilar esa ta’minot kengayishini his qiladi. Stavkalar «bir kunda» tushmaydi, chunki kupon to‘lash xarajati ham hisobga olingan. Biroq raqobat kuchaysa, resurs bazasi uzayibborsa, stavkalar bosqichma-bosqich bozor sharoitigamoslasha boshlaydi. Investorlar so‘mda, 5 yillik, choraklik kuponli, naqd oqimi prognoz qilinadigan instrument oladi. Davlat qog‘oziga nisbatan yuqori daromad izlayotgan pensiya jamg‘armalari va sug‘urta kompaniyalari uchun mantiqiy qo‘shimcha.
Mexanizm yangi bo‘lganligi sababli likvidlik, diversifikatsiya va operatsion sinxronlik sinovdan o‘tishi kerak. Besh yillik muddatda bozor foizlari ko‘tarilsa, obligatsiya narxi bosim ko‘radi. Shu sababli pul mablag‘larini bosqichma-bosqich kiritish va muddatni diversifikatsiya qilish aqlli taktikahisoblanadi.
Sekyuritizatsiya ipotekani bank balansidan kapital bozoriga bog‘laydi. Kreditning kapitalga aylanishi, kapitalning yana kreditga qaytishi iqtisodiyotda investitsion resurs uzluksiz aylanishini ta’minlaydi.
200 milliard so‘mlik pilot mexanizmi samarali ishlasa, O‘zbekiston ipoteka bozori yaqin yillarda yangibosqichga o‘tadi.Meta description:





