O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi pasaydi, biroq energiya narxlari ta’siri hanuz yuqori
11.09.2025 | 17:004578
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, umumiy inflyatsiya darajasi avgust oyida 8,8 foizga tushdi. Energiya narxlarining ko‘tarilishi inflyatsiya sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Oziq-ovqatlar qimmatlashuviga esa go‘sht narxlarining ta’sir eng yuqori darajada.

Markaziy bank hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonda umumiy inflyatsiya darajasi o‘tgan oyga nisbatan 0,1 foizga pasayib, yillik ko‘rsatkich 8,8 foizga tushdi. Bazaviy inflyatsiya darajasi esa 7,6 foizni tashkil qilmoqda.
Aholining avgust oyidagi inflyatsiya kutilmalari esa 12,2 foiz bo‘lgan edi. Odamlar asosan go‘sht va sut mahsulotlari, elektr va tabiiy gaz, benzin narxlari oshishidan xavotirda ekanligini ma’lum qilgan.
[caption id="attachment_16606" align="aligncenter" width="633"]
Infografika: Markaziy bank[/caption]
Ularning xavotirlari o‘rinli bo‘ldi, chunki avgustda bir nechta mahsulotlar haqiqatan qimmatlashdi. Xususan, oy davomida oziq-ovqat mahsulotlari o‘rtacha 0,6 foizga (o‘tgan yilning avgust oyida — 0,5 foiz), nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar 0,3 foizga oshdi.
2025 yil yanvar–avgust oylarida umumiy inflyatsiya darajasi o‘tgan yilga nisbatan pastroq shakllandi. Umumiy inflyatsiya ko‘rsatkichining o‘tgan yilga nisbatan 4,5 foizga pasayishi, joriy yilda energiya narxlari ta’siri o‘tgan yilga nisbatan pastroq ekani bilan izohlandi.
Energiya narxlari nimalarga ta’sir qilmoqda?
Xizmatlar inflyatsiyasi o‘tgan yilning mos davriga ko‘ra, 22,2 foizdan 12 foizgacha tushdi. Shunga qaramasdan, energiya narxlari ko‘tarilishi hisobiga xizmatlar guruhining inflyatsiya o‘sishidagi hissasi yuqoriligicha qolmoqda.
[caption id="attachment_16607" align="aligncenter" width="633"]
Infografika: Markaziy bank[/caption]
Energiya narxlarining oshishi umumiy inflyatsiya darajasiga ham ta’sir ko‘rsatgan. Shu bilan birga, aholi orasida ham bu yo‘nalishdagi xavotir kuchli. Markaziy bankning inflyatsiya kutilmalari tahliliga ko‘ra, odamlar ayniqsa kommunal to‘lovlar o‘sishi ehtimolidan bezovta bo‘layotgani yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Bu masala bo‘yicha Vaqt.uz jurnalisti Markaziy bankning pul-kredit siyosati departamenti direktor o‘rinbosari Ilhomiddinov Islomjonga murojaat qildi.
— Tahlillarga tayansak, energiya narxlari oshishi umumiy inflyatsiya va xizmatlar sohasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Aholi orasida kommunal to‘lovlarga oid inflyatsiya kutilmalari ham eng yuqori ko‘rsatkichda. Bu bo‘yicha Markaziy bank Energetika vazirligiga murojaat qildimi? Bu bo‘yicha nimadir reja qilinyaptimi?
— Albatta, har bir tahlil o‘rganib chiqiladi. Markaziy bank e’lon qilgan hisobotlar hukumatda muhokama qilinib, shunga qarab vazirlikka murojaat bilan chiqiladi. Shu sababli, Markaziy bank bevosita murojaat qilmaydi.
Ma’lumot uchun, energetika narxlarining umumiy inflyatsiyaga ta’siri masalasi hali hukumat darajasida ko‘rib chiqilmagan.
Oziq-ovqat mahsulotlari inflyatsiyasi
Yanvar–avgust oylarida oziq-ovqat mahsulotlari inflyatsiyasi o‘tgan yilga nisbatan sezilarli darajada o‘sib, 1,3 foizga chiqdi. Aholining inflyatsiya kutilmalarida ham har oyda aynan go‘sht, sut va tuxum kabi mahsulotlarning narxi oshishidan xavotirda ekanligini ko‘rish mumkin.
[caption id="attachment_16608" align="aligncenter" width="633"]
Infografika: Markaziy bank[/caption]
Nooziq-ovqat mahsulotlari inflyatsiyasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,6 foizgacha sekinlashgan.
Umumiy inflyatsiyaning pasayishiga meva-sabzavotlar inflyatsiyasining oshib borayotgani to‘sqinlik qilyapti. Meva-sabzavotlar bazaviy inflyatsiya darajasi may oyidan boshlab nisbatan ko‘tarila boshlagan, avgust oyida esa sezilarli o‘sish kuzatilgan. Natijada oziq-ovqatlar bazaviy inflyatsiyasi pasayishi umumiy inflyatsiya ko‘rsatkichida aks etmagan.
[caption id="attachment_16609" align="aligncenter" width="633"]
Infografika: Markaziy bank[/caption]
Xususan, go‘sht narxlari o‘zgarishi katta ta’sir qiluvchi omil bo‘lmoqda. Aprel oyidan go‘sht narxlarining barqarorlashishi oziq-ovqatlar bazaviy inflyatsiyasi sekinlashishiga xizmat qildi. Avgustdagi pasayish asosan go‘sht mahsulotlari narxlarining o‘zgarishi hisobiga yuz berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq dunyoda go‘sht narxlari yetti oy ketma-ket qimmatlashgani haqida xabar berilgan edi. Xususan, O‘zbekistonda ham import qilingan go‘shtlarning narxi oshgani qayd qilingan.
Ma’lumot uchun, avgust oyidagi inflyatsiya kutilmalari tahliliga ko‘ra, Surxondaryo aholisi narxlar oshishidan xavotirga ekanligini bildirgan va o‘tgan oyga nisbatan keskin o‘sish ko‘rsatgan.
Mahliyo Hamidova tayyorladi.