add

O‘zbekistonda korxonalarning asosiy qismini kichik biznes tashkil qiladi

27.09.2025 | 20:0032263

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan korxonalarning katta qismini kichik biznes va mikrofirmalar tashkil qilmoqda

O‘zbekistonda korxonalarning asosiy qismini kichik biznes tashkil qiladi
2025 yil 1 sentyabr holatiga ko‘ra, respublikada 465,6 mingta korxona va tashkilot ro‘yxatdan o‘tgan. Ulardan 395,6 mingtasi yoki 85 foizi kichik korxona va mikrofirmalar ulushiga to‘g‘ri keladi. Bu mamlakatda tadbirkorlikning asosan kichik biznes orqali rivojlanayotganini ko‘rsatadi. Faoliyat turlari kesimida eng katta ulush savdo sohasiga tegishli bo‘lib, umumiy korxonalarning 32,5 foizi aynan shu yo‘nalishda ish olib bormoqda. Ikkinchi o‘rinni sanoat sohasi egallab, undagi korxonalar ulushi 12,7 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich sanoatning iqtisodiyotdagi ahamiyati ortib borayotganini anglatadi. Shuningdek, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 7,4 foiz, qurilishda 6,4 foiz, yashash va ovqatlanish xizmatlarida 6,3 foiz korxonalar mavjud. Tashish va saqlash (3,6 foiz), sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar (2,8 foiz), axborot va aloqa (2,4 foiz) sohalari ham iqtisodiyotda muayyan ulushga ega. Qolgan 25,9 foiz korxonalar turli boshqa sohalarda faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu raqamlar iqtisodiyotning diversifikatsiyalanganligi va tadbirkorlik imkoniyatlari tobora kengayib borayotganini aks ettiradi. Eslatib o‘tamiz, 2025 yil yanvar–iyul oylarida qariyb 48 ming kichik tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etilgan. Ularning uchdan biri savdo sohasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Teglar

Mavzuga oid