add

O‘zbekistonliklar sayohat uchun eng ko‘p qaysi davlatni tanlamoqda?

25.07.2025 | 10:3037723

Joriy yilning birinchi yarmida xorijiy sayohatga chiqqan o‘zbekistonliklarning soni keskin oshgan. Turizm maqsadida chiqqanlar orasida qo‘shni davlatlar eng ommabop yo‘nalish bo‘lib qoldi.

O‘zbekistonliklar sayohat uchun eng ko‘p qaysi davlatni tanlamoqda?
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–may oylarida 2 mln 700 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi xorijiy davlatlarga turizm maqsadida safar qilgan. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning shu davriga nisbatan 574,1 ming kishiga yoki 26,4 foizga ko‘p. Ushbu besh oy ichida eng ko‘p sayohat qilingan mamlakat — Qirg‘iziston. U yerga 1 mln 189 ming 793 nafar o‘zbekistonlik borgan. Qirg‘izistondan so‘nggi eng ommabop yo‘nalishlar Tojikiston (501 ming 657 kishi) va Qozog‘iston (468 ming 208 kishi) bo‘lgan. Qozog‘istondan so‘ng bu borada Saudiya Arabistoni (145 ming 262) , Rossiya (124 ming 829) va Turkiya (88 ming 648) davlatlari turibdi. Shuningdek, BAAga ham safarlar 28,2 foizga oshgan, jami 71,4 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan. So‘nggi oylarda Misrga tashrif buyuruvchilar soni ham ko‘payib, yarim yilda jami 30 ming 479 nafar o‘zbekistonlik Misrga sayohat qilgan. Statistik ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, yaqin qo‘shni davlatlarga sayohat qilishning asosiy sabablari sifatida geografik yaqinlik, vizasiz tartib va sarf-xarajatlarning nisbatan arzonligi qayd etilmoqda. Mavjud tendensiyalar o‘zbekistonliklarning xalqaro turizmda ishtirokini kengayib borayotganini, ayni paytda mintaqaviy turizmga bo‘lgan qiziqish yuqoriligini ko‘rsatmoqda.

Teglar

Mavzuga oid