add

Past Darg‘omda maktab yonidagi janjal uchun bezorilik moddasi bilan jinoyat ishi ochildi

03.06.2025 | 08:4518993

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan janjal videosi ortidan, Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida bir qizning maktab o‘quvchilariga qasddan tan jarohati yetkazgani aniqlandi. Hozirda u Jinoyat kodeksi asosida tergov qilinmoqda.

Past Darg‘omda maktab yonidagi janjal uchun bezorilik moddasi bilan jinoyat ishi ochildi
Samarqand viloyatining Past Darg‘om tumanidagi 83-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchi qizlarining janjallashgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Ma’lum bo‘lishicha, voqea 2025 yil 29 aprel kuni sodir bo‘lgan. Boshqarma xabariga ko‘ra, janjaldan keyin tomonlar o‘zaro yarashgani sababli, dastlab huquqni muhofaza qiluvchi organlarga rasmiy murojaat qilinmagan. Shunga qaramay, Past Darg‘om tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan ushbu voqea yuzasidan xizmat tekshiruvi boshlangan. Hodisa Qo‘shquduq mahallasidagi avtomobil yo‘li va maktab hududida ro‘y bergani aytilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi, 2007 yilda tug‘ilgan fuqaro Ye.B. jamiyatdagi odob-axloq qoidalarini qasddan mensimasdan, 83-sonli maktabning 11-sinf o‘quvchilarini urib, ularga tan jarohati yetkazgan. Mazkur holat bo‘yicha Past Darg‘om tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan fuqaro Ye.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi (Bozorilik) asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.    

Teglar

Mavzuga oid