Qaysi hudud bitiruvchilari OTMlarga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagani ma’lum bo‘ldi
2026-yilda maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlaridagi o‘rtacha natijasi 92,5 ballni tashkil etdi.
© Foto: Sputnik2026-yilda maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlaridagi o‘rtacha natijalari sezilarli darajada oshdi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qilishicha, sifat ko‘rsatkichi o‘tgan yilga nisbatan 11,6 ballga ko‘tarilib, 92,5 ballni tashkil etgan.
Yillar kesimida o‘rtacha natijalar ham o‘sish dinamikasini ko‘rsatgan. 2022-yilda bitiruvchilarning o‘rtacha ko‘rsatkichi 76,3 ball bo‘lgan bo‘lsa, 2023-yilda 77,1, 2024 yilda 78,0, 2025 yilda esa 80,9 ball qayd etilgan.
Hududlar reytingi
Hududlar kesimida eng yuqori natija Navoiy viloyati bitiruvchilari tomonidan qayd etildi. Ular o‘rtacha 112,8 ball to‘plab, respublika bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi.
Ikkinchi o‘rinni Buxoro viloyati egalladi. Bu hududda o‘rtacha natija 110,8 ballni tashkil qildi. Qolgan hududlarda ko‘rsatkichlar asosan 100 balldan past bo‘ldi.
O‘rni | Hudud nomi | O‘rtacha ball |
1 | Navoiy viloyati | 112,8 |
2 | Buxoro viloyati | 110,8 |
3 | Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 94,8 |
4 | Farg‘ona viloyati | 94,7 |
5 | Toshkent shahri | 94,0 |
6 | Xorazm viloyati | 93,0 |
7 | Namangan viloyati | 92,0 |
8 | Jizzax viloyati | 91,9 |
9 | Sirdaryo viloyati | 91,6 |
10 | Samarqand viloyati | 90,9 |
11 | Qashqadaryo viloyati | 89,4 |
12 | Toshkent viloyati | 88,0 |
13 | Andijon viloyati | 87,8 |
14 | Surxondaryo viloyati | 84,0 |





