Logo

Qimmatlayotgan jarimalar: kuzdan YTH jarima miqdori qancha bo‘ldi?

Bugun 14:154 daqiqa

O‘zbekistonda 1-sentabrdan bazaviy hisoblash miqdori 440 ming so‘mga oshirilganligi sababli yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun belgilangan jarimalar miqdori ham qimmatlashdi. Vaqt.uz qimmatlashgan YTH jarimalari narxlari jamladi.

Qimmatlayotgan jarimalar: kuzdan YTH jarima miqdori qancha bo‘ldi?

Oxirgi marotaba 2025 yilning 1-avgustidan boshlab bazaviy hisoblash miqdori 412 ming so‘m etib belgilangan edi. 2026 yilning 1-sentabridan esa ushbu ko‘rsatkich 440 ming so‘mni tashkil etdi.

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar ham aynan BHM bilan bog‘liq. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda yo‘l qoidalarini buzganlik uchun barcha jarimalar konkret pul miqdorida emas, balki BHM ning baravarida ko‘rsatilgan.

Masalan, ayrim qoidabuzarliklar uchun 0,5 BHM, boshqalari uchun 1 yoki 2 BHM jarima belgilanadi.

Jarimalar narxi qancha bo‘ldi?

2026 yil BHM o‘tgan yilga nisbatan 28 ming so‘mga yoki qariyb 6,8 foizga oshayotgani sababli barcha jarimalar narxlari ham sezilarli darajada oshdi.

Qoidabuzarlik turi

Hozirgi jarima (so‘m)

1-sentabrdan (so‘m)

1

Kamar taqmaslik (0,5 BHM)

206 000

220 000

2

Texnik ko‘rikdan o‘tmaslik yoki dori qutisi yo‘qligi

206 000

220 000

3

Hujjatsiz haydash (1 BHM)

412 000

440 000

4

Sug‘urtasiz mashina boshqarish

 (1 BHM)

412 000

440 000

5

Tezlikni 20 km/soatgacha oshirish

 (1 BHM)

412 000

440 000

6

Svetoforning qizil chirog‘ida o‘tish

 (3 BHM)

1 236 000

1 320 000

7

Noto‘g‘ri parkovka (2 BHM)

824 000

880 000

8

Telefonda gaplashish (3 BHM)

1 236 000

1 320 000

9

Qarama-qarshi yo‘nalishda haydash (10 BHM)

4 120 000

4 400 000

10

Ruxsatsiz tonirovka va mast holatda mashina haydash (25 BHM)

10 300 000

11 000 000

11

Avtomobilni davlat boshqarish (50 BHM)

20 060 000

22 000 000

0,5 BHM miqdoridagi jarimalar 206 ming so‘mdan 220 ming so‘mga yetdi. Xavfsizlik kamarini taqmaslik, transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazmaslik yoki avtomobilda dori qutisi bo‘lmasligi uchun haydovchilar avvalgidan 14 ming so‘m ko‘proq pul to‘laydi.

1 BHM miqdoridagi jarimalar esa 412 ming so‘mdan 440 ming so‘mgacha oshdi. Hujjatsiz avtomobil boshqarish, majburiy sug‘urta polisi bo‘lmagan holda mashina haydash va belgilangan tezlikni 20 km/soatgacha oshirish ham jarima olishga sabab bo‘ladi.

2 BHM miqdorida jarima qo‘llanadigan qoidabuzarliklar uchun to‘lov 824 ming so‘mdan 880 ming so‘mga ko‘tarildi. Jumladan, svetoforning qizil chirog‘ida o‘tish va noto‘g‘ri parkovka qilish bilan bog‘liq jarimalar 84 ming so‘mga qimmatlashdi.

BHM miqdori oshgani sari jarimadagi pul farqi ham kattalashib boraveradi. Masalan, avtomobil boshqarish vaqtida telefondan foydalanish uchun jarima 1 million 236 ming so‘mdan 1 million 320 ming so‘mga yetib, 84 ming so‘mga ko‘tarildi.

10 BHM miqdoridagi jarima 4 million 120 ming so‘mdan 4 million 400 ming so‘mga oshdi. Qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun belgilangan ushbu jarima 280 ming so‘mga qimmatladi.

25 BHM miqdoridagi jarimalar ham 700 ming so‘mga ko‘tarildi. Ruxsatsiz tonirovka va mast holatda avtomobil boshqarganlik uchun jarima 10 million 300 ming so‘mdan 11 million so‘mga yetdi.

Mast holatda avtomobil boshqargan haydovchiga jarimadan tashqari, transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum qilish jazosi ham qo‘llanadi. Bu ikki jazo chorasi birgalikda tayinlanadi.

50 BHM miqdoridagi avtomobilni davlat raqamisiz boshqarish uchun jarima 20 million 60 ming so‘mdan 22 million so‘mga oshdi. Ya’ni 1-sentabrdan haydovchi avvalgidan 1 million 940 ming so‘m ko‘proq jarima to‘lashni boshladi.

Jarimalarning bugungi miqdorini besh yil oldingi ko‘rsatkich bilan solishtirganda, o‘sish ancha sezilarli darajada bo‘ldi. 2022-2026 yillar davomida bazaviy hisoblash miqdori 140 ming so‘mga ko‘tarildi. Boshqacha aytganda, so‘nggi 5 yil ichida barcha turdagi jarimalar summasi 46,7 foizga oshgan.

Jarimani o‘z vaqtida to‘lashganlarga chegirma mavjud

Jarimalar narxi oshgan bo‘lsa ham, ularni chegirma bilan to‘lash imkoniyati saqlanib qoladi. Ma’muriy javobgarlik kodeksiga ko‘ra, jarima qarori topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida to‘langan taqdirda jarimaning teng yarmi, ya’ni 50 foizi to‘lanadi.

Agar 30 kun ichida to‘lansa — 30 foiz chegirma amal qiladi. Masalan, 1-sentabrdan keyin kamar taqmagani uchun haydovchiga 220 000 so‘m jarima yozilsa, u dastlabki 15 kunda to‘lovni amalga oshirsa, atigi 110 000 so‘m sarflaydi. Ya’ni jarima summasi oshgan bo‘lsa ham, belgilangan muddatdan foydalanish yakuniy xarajatni kamaytirishi mumkin.

Biroq qoidabuzarlikni takrorlash holatida vaziyat boshqacha bo‘ladi.  Bir xil qoidani takroran buzish ayrim hollarda og‘irroq jazo qo‘llanishiga olib keladi. Bunda jarima miqdori oshishi bilan birga, jarima ballari hisoblanishi yoki haydovchilik huquqidan mahrum qilish kabi choralar ham qo‘llanishi mumkin.

Shunday qilib, BHM oshgani sari yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun jarimalar ham qimmatlashmoqda. Ammo haydovchi qancha pul to‘lashi faqat jarimaning belgilangan miqdoriga bog‘liq emas. Qaysi qoida buzilgani, qoidabuzarlik takrorlanganmi va jarima belgilangan muddatda to‘langanmi — bularning barchasi yakuniy to‘lovga ta’sir qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik  nominal ish haqqi ilk bor 7 mln so‘mga yetgani haqida xabar bergan edik.

Teglar

null null

Zilola Xolto'rayevaMaqolalar soni: 27

Barchasi

Mavzuga oid