add

Reklamada kredit oqibatlari haqida ogohlantirish majburiy bo‘ladi

17.10.2025 | 12:0050243

Raqobat qo‘mitasi kredit va mikroqarz reklamacida aholini ehtimoliy moliyaviy xatarlar haqida ogohlantirishni majburiy etishni taklif qilmoqda.

Reklamada kredit oqibatlari haqida ogohlantirish majburiy bo‘ladi
O‘zbekistonda kredit va mikroqarz xizmatlariga bo‘lgan talab ortib borayotgani kuzatilmoqda. Biroq, ayrim moliya tashkilotlari agressiv reklama orqali aholining e’tiborini tez va oson kredit olish imkoniyatlariga qaratayotgani natijasida qarz yukining ortishi, ayrim fuqarolarning moliyaviy qiyinchilikka duch kelishi holatlari ko‘paygan. Shu munosabat bilan, Raqobat qo‘mitasi Markaziy bank bilan hamkorlikda «Reklama to‘g‘risida»gi qonunning 43-moddasiga o‘zgartish kiritishni taklif etmoqda. Loyihaga ko‘ra, kredit va mikroqarz xizmatlari reklama qilinganda, reklama vaqti yoki maydonining kamida 10 foizi foydalanish oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy xatarlar haqidagi ogohlantirishga ajratiladi. Mazkur tashabbusning asosiy maqsadi — aholining moliyaviy xabardorligini oshirish va ongli qarz olish madaniyatini shakllantirishdir. Shu orqali ortiqcha qarz yukining oldini olish, fuqarolarni moliyaviy barqarorlikni saqlashga undash ko‘zda tutilgan. Raqobat qo‘mitasi fuqarolarni har qanday qarz majburiyatini qabul qilishdan oldin o‘z moliyaviy imkoniyatlarini to‘g‘ri baholashga chaqirmoqda. Shuningdek, ulardan shartlar, foiz stavkalari va to‘lov muddatlarini diqqat bilan o‘rganish talab etiladi. Tashabbus xalqaro amaliyotga mos ravishda ishlab chiqilgan bo‘lib, moliyaviy xizmatlar bozorida mas’uliyatli reklama va qarz siyosati tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan.

Teglar

Mavzuga oid

Reklamada kredit oqibatlari haqida ogohlantirish majburiy bo‘ladi | Vaqt.uz