add

Respublikachilarning qonun loyihasi Melaniya Trampga ta’sir qiladimi?

03.12.2025 | 21:191872 daqiqa

Melaniya Tramp o‘zining Sloveniya pasportidan mahrum bo‘lishi mumkin. Chunki Respublikachi ikki fuqarolikni taqiqlashni taklif etmoqda.

Respublikachilarning qonun loyihasi Melaniya Trampga ta’sir qiladimi?

Ogayo shtatidan senator Berni Moreno amerikaliklar uchun ikki fuqarolikni taqiqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Senatga taqdim etdi. Newsweek yozishicha, bu tashabbus mamlakat prezidenti Donald Trampning rafiqasi Melaniya Tramp va uning o‘g‘li Barronga ham ta’sir qilishi mumkin. Meri Jordan tomonidan 2020 yilda yozilgan biografiyada ular hamon AQSH va Sloveniya fuqaroligini saqlab kelayotgani qayd etilgan.

«2025-yilgi Eksklyuziv fuqarolik to‘g‘risidagi qonun»da AQSH fuqarolari faqat Qo‘shma Shtatlarga sodiq bo‘lishi kerakligi ta’kidlanadi. Loyihaga ko‘ra, bir vaqtning o‘zida xorijiy fuqarolikka ega shaxs AQSH fuqarosi bo‘la olmaydi. Agar amerikalik ikkinchi fuqarolikka ega bo‘lsa, bir yil ichida u yo xorijiy fuqarolikdan, yo AQSH fuqaroligidan voz kechishi talab etiladi. Aks holda shaxs avtomatik tarzda AQSH fuqaroligidan ixtiyoriy voz kechgan deb hisoblanadi.

Moreno o‘z bayonotida Amerika fuqarosi bo‘lish sharaf ekani, sodiqlik qasami yolg‘iz AQSHga qaratilgan bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Uning fikricha, ikki fuqarolikni to‘liq bekor qilish vaqti yetgan.

Melaniya Tramp 2006 yilda AQSH fuqaroligini olgan bo‘lsa-da, turli manbalar u va Barron Sloveniya fuqaroligini ham saqlayotganini ma’lum qilmoqda. Jordanning ta’kidlashicha, Sloveniya pasporti Barron uchun Yevropada ishlash imkoniyatlarini kengaytiradi, Melaniya esa o‘g‘liga ko‘proq imkoniyat yaratish maqsadida bu fuqarolikni saqlab qolgan.

Biroq loyiha jiddiy konstitutsiyaviy to‘siqlarga duch kelishi mumkin. AQSH Konstitutsiyasining O‘n to‘rtinchi tuzatishiga muvofiq, fuqaro o‘z xohishi bilan voz kechmas ekan, undan fuqarolikni olib qo‘yish mumkin emas. Oliy sudning «Afroyim v. Rusk» 967) ishi bo‘yicha qarori ham fuqarolikdan majburiy mahrum qilish mumkin emasligini belgilagan.

Loyiha Senat qo‘mitasiga o‘tkazilgan bo‘lib, respublikachi rahbarlar uni qo‘llab-quvvatlaydimi – hozircha noma’lum. Hatto qo‘llab-quvvatlash bo‘lsa ham, mutaxassislar tashabbus deyarli shubhasiz konstitutsiyaviy ziddiyatlarga uchrashini aytishmoqda.

Teglar

Mavzuga oid