Logo

Saida Mirziyoyeva Buxorodagi yirik loyihalar natijalari bilan tanishdi

Bugun 14:451 daqiqa

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Buxoro viloyatiga tashrifi davomida may oyida belgilangan vazifalar ijrosi va amalga oshirilayotgan loyihalar natijalari bilan tanishdi.

Saida Mirziyoyeva Buxorodagi yirik loyihalar natijalari bilan tanishdi © Saida Mirziyoyevaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Buxoro viloyatiga tashrifi davomida may oyida belgilangan vazifalar ijrosi va amalga oshirilayotgan loyihalar natijalari bilan tanishdi.

Xususan, Jo‘yzar kanalining 9 kilometrlik qismi betonlashtirilgan. Ayni paytda kanalning yana 10 kilometrida qurilish va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

Loyiha natijasida yiliga 12 million kub metr suvni tejash imkoniyati yaratiladi. Shu hududda baliqchilik xo‘jaligi ham ishga tushirilgan. Shayxoncha mahallasida esa 240 o‘rinli zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasi barpo etildi.

Tashrif davomida Buxoro viloyatining turizm salohiyatini oshirishga qaratilgan yangi tashabbuslar ham muhokama qilindi. «Afshona» majmuasi, etno-uylar, «Jo‘yi Muliyon» kanalini tiklash, yangi aeroport yaqinidagi mehmonxonalar va klaster masalalari shular jumlasidandir.

«Asosiy maqsad yiliga 10 million sayyohni jalb qilib, Buxoroni shunchaki tranzit hudud emas, balki to‘laqonli sayohat maskaniga aylantirishdir», — dedi Mirziyoyeva.

Tashrif yakunida Saida Mirziyoyeva Buxoroi sharifdagi Yetti pir qadamjolarini ziyorat qildi.

Teglar

Mavzuga oid