Zelenskiy: Rossiya osmoni amalda yopiladi
Ukraina prezidenti Rossiyaga uchadigan aviakompaniyalarni ogohlantirdi.
© APUkraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya osmoni «xavfli bo‘lib borayotganini» aytdi. Uning ta’kidlashicha, bu holatni aviakompaniyalar va Rossiyaga parvoz qilayotganlar hisobga olishi kerak.
«Rossiya osmoni amalda yopiladi. Bugun biz barcha aviakompaniyalarni va Rossiyaning asosiy aeroportlaridan foydalanishda davom etayotganlarni ogohlantirmoqchimiz: Rossiya osmoni butunlay xavfli hududga aylanmoqda», — dedi Zelenskiy.
Ukraina prezidenti fuqaro aviatsiyasi va fuqarolik samolyotlariga tahdid solinmayotganini, biroq Rossiya osmonida dronlar soni ortib borayotganini ma’lum qildi.
«Biz begunoh odamlarning halok bo‘lishini xohlamaymiz, shuning uchun hamkorlarimizni ogohlantiramiz: Rossiya osmonida xavfsiz damlar o‘z nihoyasiga yetdi», — dedi Zelenskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva, Sankt-Peterburg va Rossiyaning boshqa yirik shaharlariga parvozlarni davom ettirayotgan elchilar, hukumat vakillari hamda aviakompaniyalar bu ogohlantirishni inobatga olishi kerak.





