
106 qoidabuzarlik va bekor qilingan jarimalar: Farg‘onadagi «Malibu ishi»ga rasmiy izoh berildi
05.07.2025 | 10:0026512
Ijtimoiy tarmoqlarda «Farg‘ona YHXBda qonunsizlik va korrupsiya avj olmoqda» sarlavhali xabar tarqaldi.

Unda aytilishicha, Malibu-2 rusumli 40 081 SBA davlat raqamli avtotransport vositasi 106 marta qoida buzgan hamda «oxirgi zarurat holatida qoida buzgan» deb topilib, barcha jarimalar bekor qilingan.
Holat yuzasidan Farg‘ona viloyati IIB rasmiy izoh berdi.
Ta’kidlanishicha, mazkur holat bo‘yicha muqaddam fuqaro O‘.A. arizasiga asosan Farg‘ona viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshqarmasining besh nafar xodimlariga nisbatan intizomiy jazo tayinlangan.
Shuningdek, sodir etilgan barcha qoidabuzarliklar bo‘yicha jarimalar belgilangan tartibda undirilgan.





