add

2025-yilda asosiy kapitalga yo‘naltirilgan xorijiy investitsiyalar 33,5 mlrd dollarga yetdi

Kecha 15:551 daqiqa

Xorijiy investitsiyalar asosiy kapitalga kiritilgan jami mablag‘ning 71,4 foizini tashkil qildi.

2025-yilda asosiy kapitalga yo‘naltirilgan xorijiy investitsiyalar 33,5 mlrd dollarga yetdi

2025 yil yanvar–dekabr oylarida O‘zbekistonda iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 591,1 trln so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi. Bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 10,5 foizga ko‘p bo‘lib, mamlakatda investitsiya faolligi barqaror o‘sib borayotganini ko‘rsatadi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, investitsiyalarning ortishi yangi ishlab chiqarish quvvatlari, ijtimoiy obyektlar hamda infratuzilma loyihalarini amalga oshirish sur’atlarining jadallashgani bilan bog‘liq. Davlat va xususiy sektor ishtirokidagi yirik loyihalar iqtisodiy o‘sishning asosiy drayverlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Hisobot davrida yangi asosiy fondlarni yaratishga yo‘naltirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar hajmi 33,5 mlrd AQSH dollarini, yoki 422,1 trln so‘mni tashkil etdi. Bu umumiy asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning taxminan 71,4 foiziga teng bo‘lib, tashqi moliya manbalari iqtisodiyot uchun muhim o‘rin tutayotganini anglatadi.

Ajratilgan mablag‘larning taqsimoti

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar taqsimoti quyidagicha:

Ishlab chiqarish sanoati — 33,2 foiz;

Elektr, gaz bilan ta’minlash — 17,1 foiz;

Tog‘-kon sanoati — 11,9 foiz;

Qishloq xo‘jaligi — 9,2 foiz;

Qurilish — 6,1 foiz;

Tashish va saqlash — 5,3 foiz;

Suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya — 2,1 foiz;

Sog‘liqni saqlash — 1,7 foiz;

Axborot va aloqa — 1,5 foiz;

Boshqa faoliyat turlari — 11,9 foiz.

Teglar

Mavzuga oid