add

Buxoro va Navoiyda noqonuniy oltin qazib olayotganlar qo‘lga olindi

Tog‘ hududlarida noqonuniy oltin qazib olish bilan shug‘ullangan guruhlar faoliyatiga chek qo‘yildi.

Buxoro va Navoiyda noqonuniy oltin qazib olayotganlar qo‘lga olindi
«Kontexnazorat» inspeksiyasi Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi «Oltin Kon» MCHJga tegishli hududlarda o‘tkazgan tekshiruvlar chog‘ida begona shaxslar tomonidan qonunga xilof ravishda oltin qazib olish holatlari aniqlandi. Tekshiruv natijalari Davlat xavfsizlik xizmatiga yuborildi va DXX hamda ichki ishlar organlari tomonidan tezkor choralar ko‘rildi. «Quljuqtov» tog‘ massivida o‘tkazilgan maxsus tadbirda 37 nafar shaxs noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar 3 ta «Ford» avtomashinasi, 8 ta perforator, 6 ta kompressor hamda tarkibida oltin moddasi bo‘lgan 400 qopga yaqin ruda va qo‘lbola asbob-uskunalarni ashyoviy dalil sifatida musodara qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur noqonuniy faoliyat orqali davlat va jamiyat manfaatlariga 20 milliard so‘mdan ziyod zarar yetkazilgan. Hozirda qo‘lga olingan shaxslarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Buxoro va Navoiyda noqonuniy oltin qazib olayotganlar qo‘lga olindi | Vaqt.uz