add

Yevropa Ittifoqi rossiyaliklarga ko‘p martalik viza berishni to‘xtatadi

Bugun 08:38941

Rossiya fuqarolariga endi ko‘p martalik shengen vizalari taqdim etish deyarli to‘xtatiladi va faqat yakka safar vizalari beriladi.

Yevropa Ittifoqi rossiyaliklarga ko‘p martalik viza berishni to‘xtatadi

Yevropa Ittifoqi Rossiya fuqarolariga shengen hududiga kirish uchun ko‘p martalik vizalar berish amaliyotini tugatishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Politico nashri o‘z manbalarga tayanib xabar berdi. Yangi tartib joriy hafta ichida kuchga kirishi kutilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, rossiyaliklar bundan buyon faqat bir martalik viza olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Faqatgina insonparvarlik sabablari yoki qo‘shimcha ravishda Yevropa Ittifoqi fuqaroligiga ega shaxslar bu cheklovdan mustasno qilinadi.

Yevropa Ittifoqining bunday qarori Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 19-paketi doirasida amalga oshiriladi. Shu bilan birga, Rossiya diplomatlarining shengen hududida erkin harakatlanishini ham cheklash rejalashtirilmoqda. Endilikda ular safarlari haqida avvaldan xabar berishga majbur bo‘ladi.

Bu choralar Kreml tomonidan kuchayib borayotgan josuslik va razvedka faoliyatiga qarshi turish maqsadida ko‘rilayotgani ta’kidlangan. Yevropa manbalariga ko‘ra, ushbu harakatlar ittifoqning ichki xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi avvalgi sanksiyalar paketlarida ham moliyaviy, texnologik va siyosiy cheklovlarni joriy qilgan edi. Yangi cheklovlar ayniqsa fuqarolarning shaxsiy va diplomatik harakatlarini qamrab oladi.

Teglar

Mavzuga oid