Farg‘onadagi 29-maktab direktori Gulira’no Qosimova lavozimini tark etdi
U 17-mart kuni rasman ishdan bo‘shagan va kuni kecha maktab jamoasi bilan xayrlashgan.
© Foto: Kun.uzFarg‘ona viloyati Furqat tumanidagi 29-maktab direktori Gulira’no Qosimova o‘z lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Qosimova bilan suhbatda bo‘lgan Vaqt.uz muxbiri xabar berdi.
U 17-mart kuni rasman ishdan bo‘shagan va kuni kecha maktab jamoasi bilan xayrlashgan. Ishdan ketish to‘g‘risidagi qaror tomonlarning o‘zaro kelishuviga asosan qabul qilingan.
Gulira’no Qosimova o‘z faoliyati davomida bildirilgan ishonch va qo‘llab-quvvatlov uchun fuqarolarga minnatdorlik bildirgan.
«Bu vaqt davomida millionlab vatandoshlar mehrini, adolat va ayollar himoyasi yo‘lidagi jonkuyarligini har kuni his qilib turdim. Boringizga shukr, aziz insonlar», — deydi u.
Qosimovaning ta’kidlashicha, u bundan keyin ham faoliyatini ta’lim sohasida davom ettiradi. Biroq uning yangi ish joyi qayerda ekani hozircha noma’lum.





