Asr boshidan buyon O‘zbekistonda temiryo‘l yo‘lovchilari soni qanday o‘zgardi?

Kecha 16:101 daqiqa

O‘zbekistonda 2025 yilda temiryo‘l transporti yo‘lovchilarining ko‘rsatkichi 2000 yilga nisbatan pasaygan.

Asr boshidan buyon O‘zbekistonda temiryo‘l yo‘lovchilari soni qanday o‘zgardi?

O‘zbekistonda 2025 yil davomida temiryo‘l transportida 10,5 million yo‘lovchi tashildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. Mazkur ko‘rsatkich 2000 yilga nisbatan qariyb 4,1 million yo‘lovchiga kamaygan.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2000 yilda temiryo‘l orqali 14,6 million yo‘lovchi tashilgan. Keyingi yillardagi ko‘rsatkich:

2005 yil — 15,1 mln nafar;

2010 yil — 14,5 mln nafar;

2015 yil — 20,1 mln nafar;

2020 yil — 6,2 mln nafar;

2021 yil — 7,9 mln nafar;

2022 yil — 9 mln nafar;

2023 yil — 9,6 mln nafar;

2024 yil — 9,8 mln nafar;

2025 yilga kelib bu ko‘rsatkich 10,5 millionga yetdi. Bu so‘nggi yillarda temiryo‘l transportiga bo‘lgan talab asta-sekin ortib borayotganini ko‘rsatadi. Mutaxassislar buni infratuzilmaning rivojlanishi va yangi yo‘nalishlar ochilishi bilan izohlamoqda.

Shu bilan birga, 2026 yil 27-martdan «Afrosiyob» yuqori tezlikdagi elektropoyezdlari yangi yo‘nalishda harakatlanadi. Shuningdek, Toshkent—Xiva yo‘nalishidagi «Jaloliddin Manguberdi» tezyurar poyezdi 2-maydan qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Teglar

Mavzuga oid