Toshkent viloyatida chiqindi tariflari narxi oshiriladi

Kecha 10:551 daqiqa

Yangi qarorga ko‘ra, aholi uchun chiqindi xizmatlari oylik to‘lov narxi 40 foizga oshiriladi.

Toshkent viloyatida chiqindi tariflari narxi oshiriladi

Toshkent viloyatida 2026 yil 1-apreldan maishiy chiqindilarni olib chiqish xizmatlari uchun tariflar sezilarli oshiriladi. Bu qaror Xalq deputatlari viloyati kengashining 24-martdagi yig‘ilishida tasdiqlangan.

Hozirgi vaqtda aholi uchun bir kishi hisobidan oylik to‘lov 7840 so‘mni tashkil etmoqda. Yangi tartibga ko‘ra, ushbu summa 10 864 so‘mgacha oshirilishi rejalashtirilgan. Bu aholi uchun xizmat narxi qariyb 40 foizga ko‘tarilishini anglatadi.

Yuridik shaxslar uchun ham tariflar oshirilmoqda. Amaldagi 82 880 so‘mlik oylik to‘lov 97 316 so‘mga yetkaziladi. Bu o‘zgarishlar xizmat ko‘rsatish xarajatlarini qoplash va tizimni moliyaviy jihatdan barqarorlashtirish maqsadida amalga oshirilayotgani ta’kidlanmoqda.

Yangi hisob-kitob tizimi

Shuningdek, chiqindilarni tashish bo‘yicha aniq tariflar ham belgilandi. Bir tonna qattiq maishiy chiqindini olib chiqish va poligonga yetkazish uchun to‘lov 482 842,08 so‘mni tashkil etadi. Bir kub metr chiqindi uchun esa bu ko‘rsatkich 215 250,56 so‘m etib belgilangan.

2026 yil 1-yanvardan sohada yangi hisob-kitob tizimi joriy etilgan. Unga ko‘ra, iste’molchilar faqat amalda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov qiladi. Barcha hisob-kitoblar onlayn tizimlar orqali amalga oshirilishi belgilangan.

Teglar

Mavzuga oid