Mirziyoyev Milliy madaniy markazlar pavilonini ko‘zdan kechirdi

Shavkat Mirziyoyev Yakkasaroy tumanidagi Milliy madaniy markazlar paviloniga tashrif buyurdi. Pavilyonda 20 dan ortiq millatga oid do‘stlik uylari va milliy ekspozitsiyalar namoyish etildi.

Mirziyoyev Milliy madaniy markazlar pavilonini ko‘zdan kechirdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida joylashgan Milliy madaniy markazlar paviloniga tashrif buyurib, uning faoliyati bilan tanishdi. Davlat rahbari har bir milliy maskanni ko‘zdan kechirib, ishtirokchilar bilan muloqot qildi va mehmonlar uchun tayyorlangan badiiy dasturni tomosha qildi.

1

Pavilon Do‘stlik bog‘i hamda Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi binosiga tutash hududda barpo etilgan. Unda 22 millatga xos arxitektura va madaniy uslublar mujassam etilgan bo‘lib, har bir pavilon o‘ziga xos milliy muhitni aks ettiradi.

2

Maskanda qozoq, qirg‘iz, turkman va boshqird o‘tovlari, shuningdek, koreys, belarus, ukrain, grek, olmon, dungan, polyak, yahudiy, gruzin, arman, tatar va qrim-tatar, uyg‘ur, turk, tojik, xitoy, rus hamda ozarbayjon xalqlarining ikki qavatli do‘stlik uylari joylashgan.

3

Pavilon intereri har bir xalqning milliy an’analari asosida bezatilgan. Ekspozitsiyalarda milliy liboslar, musiqa asboblari, amaliy san’at namunalari, tarixiy maketlar va madaniy merosni ifodalovchi boshqa eksponatlar o‘rin olgan.

5

Tashrif davomida davlat rahbari milliy madaniy markazlarning umumxalq bayramlarini tashkil etishdagi o‘rnini alohida ta’kidladi. Turli millat vakillarining yuksak vatanparvarligi va mehnati mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga qo‘shayotgan hissasi uchun minnatdorlik bildirildi.

4

Shuningdek, prezident pavilonda tashkil etilgan badiiy dasturni tomosha qildi hamda milliy madaniy markazlar vakillari bilan birgalikda suratga tushdi.

Teglar

Mavzuga oid