O‘zbekistonning 9 ta hududida sel xavfi e’lon qilindi

Kecha 14:241 daqiqa

26 hamda 28–30-mart kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar tufayli tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel va suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin.

O‘zbekistonning 9 ta hududida sel xavfi e’lon qilindi

«O‘zgidromet» ma’lum qilishicha, 26 hamda 28–30-mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchiliklar sabab respublikaning 9 ta hududida sel va suv toshqinlari xavfidan ogohlantirdi.

Quyidagi hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin:

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;

Surxondaryo viloyati Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot tumanlarida;

Samarqand viloyati Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

Navoiy viloyati Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;

Jizzax viloyati Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

Toshkent viloyati Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

Namangan viloyati Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;

Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;

Andijon viloyati Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida.

«Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, kuchli yog‘ingarchiliklar sabab respublika bo‘ylab past hududlarda suv to‘planishi va mahalliy suv bosish holatlari kuzatilishi ehtimoli ham mavjud.

Teglar

Mavzuga oid