add

Hududlarda korrupsiyaga qarshi yangi mexanizm joriy etiladi

15.05.2025 | 11:4525813

O‘zbekistonda hududiy yo‘l xaritalari orqali korrupsiya xavflarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha yangi tizim shakllantirilmoqda. Buning uchun mahalliy Kengashlar va prokuratura organlari mas’ul qilinadi.

Hududlarda korrupsiyaga qarshi yangi mexanizm joriy etiladi
Bosh prokuraturada Korrupsiyaga qarshi kurash milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda agentlik direktori Akmal Burxonov va bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Bahriddin Valiyev ishtirok etdi. Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, Respublika idoralararo ishchi guruhi so‘nggi ikki oyda barcha hududlarda korrupsiyaga moyil sohalarni qamrab olgan holda yo‘l xaritalari ishlab chiqqan. Ularda asosiy e’tibor byurokratiya, qog‘ozbozlik, inson omili va shaffoflikning yo‘qligi kabi omillarga qaratiladi. Akmal Burxonovning ta’kidlashicha, bu yo‘nalishdagi vazifalar to‘g‘ri, mas’uliyatli va tizimli bajarilsa, ushbu tajriba boshqa hududlarga ham oson tatbiq qilinadi. Yo‘l xaritalarini ijrosini ta’minlashda xalq deputatlari kengashlari, viloyat prokurorlari va hududiy kengash raislari mas’ul etib belgilandi. Bundan tashqari, Bosh prokuror o‘rinbosari va agentlik direktori rahbarligida ishchi guruh tuzilib, har hafta yukori xavfli sohalardagi ob’ektlarda tekshiruvlar o‘tkaziladi. Yig‘ilishda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshirishga doir mas’uliyatli yondashuv muhokama qilindi.

Teglar

Mavzuga oid