add

Markaziy Osiyodagi eng katta aeroportga metro liniyasi tortiladi

20.10.2025 | 20:4042601

Shavkat Mirziyoyevga ko‘ra, shunda aeroportga 25 daqiqada yetib borish mumkin bo‘ladi.

Markaziy Osiyodagi eng katta aeroportga metro liniyasi tortiladi

Yangi Toshkent xalqaro aeroportiga metropoliten liniyasini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 15 oktabr kuni loyiha bilan tanishish davomida ma’lum qildi, deya xabar berildi «O‘zbekiston 24» telekanalining «Menimcha» ko‘rsatuvida.

Qayd etilishicha, aeroport Toshkent va Yangi Toshkent tutashgan j joylashgan bo‘lib, unga eng ko‘pi bilan 25 daqiqada yetib borish mumkin, masofa 24 kilometrni tashkil etadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, yangi aeroport qurilishi va havo parkini 105 tadan 180 tagacha oshirish O‘zbekiston iqtisodiyotiga yiliga 770 mln dollar daromad keltiradi.

«Tanlagan joyimiz xavfsizlik, uchish va qo‘nish nuqtayi nazaridan eng mo‘’tadil joy. Bu Toshkent va Toshkent viloyati o‘rtasidagi chorraha — ko‘pi bilan 25 daqiqada yetib borish mumkin, oraliq — 24 km. Lekin, shattl qo‘yamiz, xudo xohlasa, metro qo‘yamiz. Hammasini hamohang, biz kutganimiz kabi amalga oshiramiz», — degan prezident.

Shuningdek, davlat rahbari kelgusi besh yil ichida 75 ta yangi samolyot sotib olinishi rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. 2030 yilga qadar yo‘nalishlar sonini 230 taga, ichki va xalqaro parvozlar sonini esa yiliga 200 mingtaga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.

Ko‘rsatuvda yangi aeroport ko‘lami 16 ta Tashkent City yoki 1580 ta futbol stadioni yoki Uchtepa tumanining teng yarmiga teng bo‘lishi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, 15 oktyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev yangi Toshkent xalqaro aeroporti poydevoriga kapsula qo‘yib, qurilishini boshlab bergan edi.

Teglar

Mavzuga oid