add

Ohangaron shahar hokimligi mansabdori pora bilan ushlandi

04.07.2025 | 11:0022772

Hokimlik bo‘lim boshlig‘i fuqarodan 9500 dollar olayotganda DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Ohangaron shahar hokimligi mansabdori pora bilan ushlandi
Toshkent viloyatida hokimiyat balansiga o‘tkazilishi rejalashtirilgan uch xonali uyni suddagi tanishlari orqali 67 yoshli fuqaro nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan Ohangaron shahri hokimligi bo‘lim boshlig‘i qo‘lga olindi, deb xabar berdi DXX. Mansabdor bu xizmati evaziga umumiy 18 500 dollar, jumladan, uy uchun 15 000 dollar, suddagi tanishlarga berish uchun 3 500 dollar talab qilgan.
"Mas’ul avvaldan kelishilgan 9 500 dollarni olgan paytida DXX Toshkent viloyati boshqarmasi va IJQKD hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi", deyiladi xabarda.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, uni qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tegishli tergov harakatlari olib borilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid