Logo

Aziza Qurbonova Prezident Administratsiyasida yangi lavozimga tayinlandi

Kecha 23:071 daqiqa

U bugun Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Aziza Qurbonova Prezident Administratsiyasida yangi lavozimga tayinlandi © Ijtimoiy tarmoqlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishi bilan Aziza Abdusabitovna Qurbonova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Mazkur tayinlovga qadar Qurbonova Kontent markazi va «O‘zbekiston 24» telekanalida faoliyat yuritayotgan edi. U Prezident faoliyatini faol tarzda yoritadigan jurnalistlardan biri sifatida tanilgan.

Aziza Qurbonova 1988 yil 11-sentabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining bakalavriat bosqichini 2009 yilda, O‘zbekiston Milliy universitetining magistratura bosqichini esa 2011 yilda tamomlagan.

Uning professional jurnalistik faoliyati 2013 yilda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimida boshlangan. Turli yillarda «Yoshlar», «Bolajon» va «O‘zbekiston 24» telekanallarida ishlagan.

Aziza Qurbonova 2018 yildan ijtimoiy tarmoqlarda «Mikrofon ko‘targan ayol» blogini yurita boshlagan. Blog orqali u jamoatchilik e’tiborini ijtimoiy masalalar va fuqarolarni tashvishga solayotgan muammolarga qaratib keladi.

Aziza Qurbonova 2021 yilda «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan. 2026 yilda esa ommaviy axborot vositalari xodimlarini taqdirlash to‘g‘risidagi Prezident farmoniga muvofiq «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan.

Teglar

Mavzuga oid