Logo

Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti qabulida bo‘ldi

Kecha 19:551 daqiqa

Uchrashuv davomida Erdo‘g‘anga Shavkat Mirziyoyevning eng ezgu va samimiy tilaklari yetkazildi.

Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti qabulida bo‘ldi © Saida Mirziyoyeva Telegram kanali

Bugun, 15-oktabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning qabulida bo‘ldi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Uchrashuv davomida unga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning eng ezgu va samimiy tilaklari yetkazilgan. Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar muhokama qilingan.

«O‘zbekiston va Turkiyani do‘stlik hamda yaqin hamkorlik rishtalari bog‘lab turadi. Muloqot chog‘ida birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz natijalari va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildik», - deya yozdi Mirziyoyeva.

Administratsiya rahbari Turkiya rahbariga ko‘rsatilgan hurmat va e’tibor uchun tashakkur bildirdi.

«Janob Prezidentga samimiy qabul, O‘zbekistonga qaratilayotgan alohida e’tibor hamda qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman», - dedi u.

Teglar

Mavzuga oid