
O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi rekord darajaga chiqdi
2025 yilda xizmatlar sohasi hajmi so‘nggi 5 yil ichidagi eng yuqori natijani qayd etdi.

2025 yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 916 trln so‘mga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,6 foizga yuqori bo‘lib, xizmatlar sohasida barqaror o‘sish saqlanayotganini ko‘rsatadi.
Yillar kesimida tahlil qilinganda, bozor xizmatlari hajmining izchil o‘sib borayotgani yaqqol ko‘rinadi:
2021 yilda 257,2 trln so‘m;
2022 yilda 329,3 trln so‘m;
2023 yilda 574,8 trln so‘m;
2024 yilda 735,6 trln so‘m;
2025 yilda 916 trln so‘m.
Hududlar kesimida eng katta ulush an’anaviy ravishda Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keldi. Poytaxtda 11 oy davomida 349,9 trln so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan. Bu mamlakat bo‘yicha umumiy hajmning sezilarli qismini tashkil etadi.
Viloyatlar orasida Samarqand 67,6 trln so‘m bilan yetakchi o‘rinlarning birini egalladi. Farg‘onada 61,9 trln so‘m va Toshkent viloyatida esa 61,8 trln so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan. Namangan va Andijon viloyatlarida ham xizmatlar bozori faol rivojlanib, mos ravishda 47,2 trln va 46,9 trln so‘mlik hajm qayd etilgan.





