
O‘zbekistonda ham ismni mashinaga raqam qilib qo‘yishga ruxsat berildi
06.09.2025 | 13:0041142
2026 yildan «noyob» davlat raqami belgilari ochiq kim oshdi elektron savdolari orqali beriladi.

Hukumatning 4 sentyabrdagi 562-sonli qaroriga ko‘ra, «Uzavtomotobelgi» davlat unitar korxonasiga fuqarolar talabi asosida raqamlarga oltigacha harf va (yoki) raqam qo‘shib, maxsus kombinatsiyalar tayyorlash huquqi berildi. Bu haqda UzA xabar berdi.
Yangi tartib 2026 yil 1 yanvardan amalga kiritiladi. Maxsus raqamlar elektron kim oshdi savdosi orqali sotiladi. Shu bilan birga, ular amaldagi raqamlarni takrorlamasligi, qonunchilik va axloqiy normalarga zid ma’noga ega bo‘lmasligi shart qilib qo‘yildi.
Ta’kidlanishicha, bunday raqamlarda shaxsning ismi, oila a’zosi ismi yoki shahar nomi aks ettirilishi mumkin. Masalan, «SARVAR», «AZIZA», «ODIL» yoki «BUXORO» kabi yozuvli mashinalarni yo‘llarda ko‘rinishimiz mumkin.





