add

O‘zbekistonda xorijiy oliy ta’lim muassasalari soni 30 taga yetdi

02.12.2025 | 11:161271 daqiqa

O‘zbekistonda 2024/2025 o‘quv yili boshiga kelib faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlarida 1 million 432 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda.

O‘zbekistonda xorijiy oliy ta’lim muassasalari soni 30 taga yetdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalari soni filiallar bilan birga 222 tani tashkil etgan. Bu muassasalar orasida xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari ulushi ham ortib bormoqda.

Hozirda mamlakatda 30 ta xorijiy universitet va ularning filiallari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu O‘zbekistonning ta’lim sohasini internatsionallashtirish va xalqaro akademik hamkorlikni kuchaytirishga yo‘naltirilgan siyosatining amaliy natijasi sifatida qayd etilmoqda.

Oliy ta’lim tashkilotlarining kunduzgi ta’limida 707 287 nafar talaba tahsil olmoqda. Kechki ta’limda o‘quvchilar soni 52 099 nafarni tashkil etsa, sirtqi ta’limda 673 424 nafar yoshlar bilim olmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yil yanvar–oktabr oylarida O‘zbekistonda ta’lim sohasida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 30,4 trln so‘mga yetganligi haqida xabar berilgandi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,8 foizga ko‘p bo‘lib, mamlakatda ta’limga bo‘lgan talab barqaror o‘sishda davom etayotganini ko‘rsatadi.

Teglar

Mavzuga oid