add

O‘zbekistonning Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti davlatlari bilan tashqi savdo hajmi 11 milliard dollardan oshdi

02.07.2025 | 16:0020163

Ozarbayjonning Shusha shahrida Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotining 6-biznes forumi bo‘lib o‘tmoqda. Forum doirasida IHT mamlakatlari o‘rtasida investitsiya va savdoni rivojlantirish asosiy muhokama mavzusiga aylandi.

O‘zbekistonning Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti davlatlari bilan tashqi savdo hajmi 11 milliard dollardan oshdi
Ushbu nufuzli xalqaro tadbirda O‘zbekistondan Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov boshchiligidagi delegatsiya faol ishtirok etmoqda. Forumda Ozarbayjon, Afg‘oniston, Tojikiston, Turkiya, Qirg‘iz Respublikasi, Pokiston va Qozog‘istonning savdo-sanoat tashkilotlari rahbarlari ham qatnashmoqda. Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti a’zo davlatlar o‘rtasida barqaror iqtisodiy rivojlanish va mintaqaviy savdo integratsiyasini kuchaytirishni maqsad qiladi. Tashkilot 1985 yilda Eron, Pokiston va Turkiya tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston 1992 yildan a’zo hisoblanadi. Forumda Davron Vaxabov O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlar va tashqi savdo aloqalari haqida ma’lumot berdi. U mintaqadagi kooperatsiya imkoniyatlarini kengaytirish zarurligini ta’kidladi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yil yakuniga ko‘ra O‘zbekistonning IHT davlatlari bilan tashqi savdo hajmi 11 milliard dollardan oshgan. Tadbir doirasida V2V va V2G formatlarida uchrashuvlar ham tashkil etildi. Bu muloqotlar yangi biznes loyihalarini muhokama qilish va IHTga a’zo mamlakatlar bilan hamkorlikni kengaytirish uchun muhim maydon bo‘ldi. Shushadagi mazkur forum O‘zbekiston tadbirkorlari uchun yangi bozorlarga chiqish va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan muhim tashabbus sifatida baholanmoqda.

Teglar

Mavzuga oid